TOSHKENT VOHASI GIDROMORF TUPROQLARI: GUMUSI TARKIBI, GUMUSLI HOLATI VA ULAR ORQALI EKOLOGIK HOLATINI TASNIFLASH MASALALARI

Abstrak

Mazkur maqolada Toshkent vohasi gidromorf tuproqlarining guruhiy va fraksiyaviy tarkibi, labil (harakatchan) gumus moddalari, gumusli holatiga doir tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda, tuproqlar gumusining guruhiy va fraksiyaviy tarkibi tuproqlarning genetik qatlamlari bo‘yicha gumus miqdorini taqsimlanishiga, geomorfologik rayonlarning tuproq hosil qiluvchi ona jinsi hamda, tuproq tipi va tipchalariga bog‘liq holda gumin va fulvokislotalari gumus moddasini 2-fraksiyalari hamda 3-fraksiyalari ustunlik qilgani, tuproqlar fulvatli-gumatli, gumatli-fulvatli va fulvatli tipga mansubligi aniqlangan. Tuproqlardagi labil (harakatchan) gumin va fulvokislotalar miqdori sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproqlarda 2,04-8,49 % va 3,30-11,76 % bo‘lib, yuqori bo‘lgan ko‘rsatgichlar quyi qatlamlarda kuzatilgan. Eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda ularning miqdori 2,25-5,63 % va 2,77-14,19 % ni tashkil qilgan. Respublika tuproqlarining gumusli holati ko‘rsatgichlari ma’lumotlari asosida, ularni ekologik holati bo‘yicha quyidagi 3 ta guruhga tasniflangan: C:N nisbati, 1a agressiv fulvokislotalari hamda suvda eriydigan gumus miqdori.

Adabiyotlar

Shadiyeva N.I. Vertikal zonallikda tarqalgan tuproqlarning gumusli holati, gumus moddalarining shakllanish mexanizimini tadqiq etish (Turkiston tog‘ tizmasi misolida). Dissertatsiya, b.f.d. – Toshkent, 2018, – 207-b.

Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах// Союз НИХИ, – Ташкент 1963, – с. – 270-274.

Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии. ЎзПИТИ, 1977. – С. – 214

Аринушкина Е.В. Руководства по химичекскому анализу почв / – М.: МГУ, 1970 – С. – 487

Toshqo‘ziyev M.M. Tuproqda umumiy gumus va xarakatchan gumus moddalari miqdoridan uning unumdorligi ko‘rsatgichi sifatida foydalanishga doir uslubiy ko‘rsatmalar. – Toshkent, 2006. – 47 b.

Shadiyeva N.I. Tog‘ yonbag‘ri eroziyalangan lalmi va sug‘oriladigan tuproqlarining gumusli holati, xossalari, unumdorligi (Shimoliy Turkiston va G‘arbiy Chotqol tuproqlari misolida). Dissertatsiya b.f.n. – Toshkent 2009, – 121-b.

Ташкузиев М.М., Шадиева Н.И. Система показателей гумусного состояния почв центральноазиатского региона, использование ее критериев в решении вопросов гумуссобразования и плодородии почв / «Казахский НИИ почвоведения и агрохимии им. У.У. Успанова» Ж: Почвоведение и агрохимия, № 3, – Алматы, 2020. – С. – 15-24.

Ермаков В.В., Тютиков С.Ф., Сафанов В.А. Биогеохимическая индикация микроэлементозов / Отв.ред Т.И. Моисенко. – Москва, 2018. – 386.