Kalit soʻzlar:
- sur tusli qo‘ng‘ir tuproq
- siderat
- gidrogel
- suvning tezligi
- oqova suvining loyqaliligi
- sug‘orish me’yori
- mavsumiy sug‘orish me’yori
- oqova suvi miqdori
- tuproqning yuvilishi
Abstrak
Maqolada Namangan viloyatining sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari sharoitida sug‘orish usullari, siderat ekinlari va gidrogelning tuproqning yuvilish jarayonlariga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Izlanishlarda g‘o‘zani an’anaviy egatlar orqali sug‘orilganda egatlarda oqayotgan suvning tezligi 0,174-0,190 m/s ni, oqova suvning loyqaligi 3,864-8,582 g/l ni, tuproq zarrachalarining yuvilishi 11,983 t/ga ni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichlar kuzda ekilgan siderat ekini erta bahorda haydab yuborilganda 0,118-0,135 m/s ga, 2,828-6,440 g/l ga, 6,508 t/ga ga, siderat haydalgan va gidrogel qo‘llanganda 0,096-0,115 m/s ga, 2,3245,152 g/l ga, 4,550 t/ga ga, gidrogel moddasi qo‘llanganda 0,145-0,163 m/s ga, 3,094-6,860 g/l ga, 8,203 t/ga teng bo‘lganligi yoki nazoratga nisbatan 0,056-0,055 m/s ga, 0,966-2,142 g/l ga, 5,475 t/ga ga kamayganligi aniqlangan. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orilganda suv o‘simlikka lokal tarzda berilganligi bois, oqova suvlari shakllanmadi va tuproq zarrachalarining yuvilish jarayonlari ro‘y bermaganligi qayd qilingan.
Adabiyotlar
Алиханов О.А., Майлибаев С.С., Мирзажанов К.М. Удобрение хлопчатника на эродированных почвах // – Тошкент: Фан. 1977. - С. 74.
Беляев В.А. Борьба с водной эрозией почв в Нечерноземной зоне. // – М.: Россельхозиздат. 1976. -158 с.
Махсудов Х.М. Тупроқ эрозияси ва унга қарши кураш чоралари // – Тошкент: Фан, 2002. - 125 б.
Монтгомери Д.Р. Почва. Эрозия цивилизаций. // – Анкара. 2015. - 409 с.
Raloff J. Soil losses eroding food security. // «Sci. News». No 14. 2004. - P. 212.
Schankarnarayan K.A., Magoon M.L. Prevent soil erosion of the grass way. // Indian Farm. V.24. No 8. 1983. - P. - 13-17.