Kalit soʻzlar:
- infiltratsiya
- Tension Infiltrometer (20 cm)
- tuproqning suv o‘tkazuvchanligi
- to‘yingan gidravlik o‘tkazuvchanlik (Ksat)
- Gardner parametri
- suv sarfi
- suv-fizik xossalari
Abstrak
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida lalmi yerlarning suv-fizik holatini baholash qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo va Uzun tumanlarida joylashgan kalit maydonlarida ISSN 2181-0826 3/2026 y. aniqlangan lalmi tuproqlarning suv-fizik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Dala sharoitida zamonaviy Tension Infiltrometer (20 cm) qurilmasi yordamida 2,5; 5,0 va 10,0 sm manfiy bosim rejimlarida o‘tkazilgan tajribalar asosida tuproqning infiltratsiya tezligi (I), suv sarfi (Q), Gardner parametri (α) hamda to‘yingan gidravlik o‘tkazuvchanlik (Ksat) ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, infiltratsiya tezligi 39,0–138,0 sm/soat, suv sarfi 606,32145,4 sm³/soat, to‘yingan gidravlik o‘tkazuvchanlik (Ksat) 1,56–69,50 sm/soat, Gardner parametri (α) esa 0,026–0,977 sm⁻¹ oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan. Eng yuqori suv-fizik ko‘rsatkichlar Boysun tumani lalmi jigarrang tuproqlarda (Ksat = 69,50 sm/soat), eng past ko‘rsatkich esa Uzun tumani lalmi tipik bo‘z tuproqlarda (Ksat = 0,71 sm/soat) qayd etildi. Olingan natijalar tuproqning suv-fizikaviy holatini baholash va shu asosida, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
Abduraxmonov N.Yu., Sobitov O‘.T., Yuldashev I.K., Soliyeva N.A. Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan o‘tloqi-saz tuproqlarining suv – fizikaviy xossalari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi – Xiva, 2023-9/1 son. B.81-85.
Dane J.H., Topp G.C. (Eds.). Methods of Soil Analysis. Part 4. Physical Methods. Madison: Soil Science Society of America, 2002. 1692 p.
Hillel D. Introduction to Environmental Soil Physics. San Diego: Academic Press, 2004. 494 p.
Isxakova Sh.M., Mahammadiyev S., Abdukarimov J., Abdullayeva X. Tuproq fizikasi. – Toshkent: Umid Design, 2024.
Jury W.A., Horton R. Soil Physics. 6th ed. Hoboken: John Wiley & Sons, 2004. 370 p.
Hillel D. Introduction to Environmental Soil Physics. San Diego: Academic Press, 2004. 494 p.
Kuziyev R.K., Abdurakhmonov N.Yu., Ismanov A.J., Akhmedov A.U. Properties, ecologicalameliorative status and productivity of irrigated soils of the Fergana Valley. Monograph. – T.: “Navruz”. 2017. 328 pp.
Kuziyev R.K., Sektimenko V.Э. Pochvы Uzbekistana. – Toshkent: Extremum Press, 2009. – 351 b.
Qurvantayev R., Xalilova Z.F. Chirchiq havzasi tuproqlarining suv o‘tkazuvchanligi // Tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlar hosildorligini oshirishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari, muammo va yechimlar mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiyamaliy anjuman to‘plami – Buxoro, 2021. – B. –237-239.