MARKAZIY FARG‘ONA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARIDA GUMUS MIQDORI VA ZAHIRASINING O‘ZGARISH DINAMIKASI

Abstrak

Maqolada Markaziy Farg‘onaning Rishton tumani M.Topvoldiyev nomli massivida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning morfologik belgilari, gumus miqdori va zahirasining chorak asr davomida o‘zgarishi dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu tuproqlarning haydov qatlami kulrang tusda bo‘lib, quyi qatlamlarda ko‘kishkulrang tus va zang dog‘larining uchrashi gidromorf jarayonlarning ta’sirini aks ettiradi. 2023 yilda haydov qatlamida gumus miqdori 1,302-1,418% ni tashkil etgan. Gumus zahirasi 0-30 sm qatlamda 60,7 t/ga, 0-50 sm qatlamda 87,3 t/ga va 0-100 sm qatlamda 129,8 t/ga ga teng bo‘lib, 1999 yilga nisbatan mos ravishda 2,7; 1,8 va 2,3 barobarga ortgan. Gumus miqdorining variatsiya koeffitsienti 35,83–59,28% oralig‘ida tebranib, uning tuproq profili bo‘ylab yuqori darajada o‘zgaruvchanligini ifodalaydi. Olingan natijalar asosida organik o‘g‘itlardan tizimli foydalanish hamda tuproqlarning agrokimyoviy holatini muntazam monitoring qilish tavsiya etilgan.

Adabiyotlar

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки результатов исследований). 5-е изд., перераб. и доп. М.: Агропромиздат, 1985. – 351 с.

Qo‘ziyev R. Sektimenko V. Ismonov A. O‘zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi. – Toshkent, 2010. – 44 b.

Qalandarov N.N., Ismonov A.J. Markaziy Farg‘ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlari. Monografiya, –Toshkent, 2024. – B. 147 b.

Qo‘ziyev R., Ismonov A.J., Axmedov A.U., Abduraxmonov N.Yu. Farg‘ona vodiysi sug‘oriladigan tuproqlarining xossalari, ekologik-meliorativ holati va mahsuldorligi. Monografiya, – Toshkent, 2017. – B. 326 b.

Ismonov A.J. Farg‘ona vodiysi tuproqlari. O‘zbekiston biologiya jurnali. -№4. – Toshkent, 2016. – B 67-74.

Abduraxmonov N.Yu., Pulatov M.K., Sobitov O‘.T. Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlarining xossalari va unumdorligi. Innovative developments and research in education. International scientific-online conference. – Canada, Ottawa, 2021. – P. 333-337

Qo‘ziyev R.Q., Ismonov A.I. Sug‘oriladigan tuproqlarda gumus rejimi va unumdorlik masalalari. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2018. – № 4. – B. 25–31.

Burrough P.A., McDonnell R.A. Principles of Geographical Information Systems. – Oxford: Oxford University Press, 1998. – 333 p. https://www.connectedpapers.com