JONDOR TUMANI Y.OXUNBOBOEV NOMLI MASSIV SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI TUPROQLARIDAGI TUZLAR MIQDORI VA SIFAT TARKIBI

Abstrak

Mazkur maqolada Buxoro viloyati Jondor tumani sug‘oriladigan yerlarida tuproq sho‘rlanishining hozirgi holati va uning shakllanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tuproq namunalarining kimyoviy tahlillari asosida tuproq tarkibidagi suvda eriydigan tuzlar miqdori, sho‘rlanish darajasi va sifat tarkibi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra tadqiqot hududi tuproqlari asosan xlorid-sulfatli va sulfatli sho‘rlanish tiplaridan iborat bo‘lib, sho‘rlanish darajasiga ko‘ra asosan kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar guruhini tashkil etganligi aniqlandi.

Adabiyotlar

Alkharabsheh H. M. et al. Field crop responses and management strategies to mitigate soil salinity in modern agriculture: A review //Agronomy. – 2021. – T.: 11. – №. 11. – P. 2299.

Aizaz M. et al. Regulatory Dynamics of Plant Hormones and Transcription Factors under Salt Stress //Biology. – 2024. – T.: 13. – №9. –P. 673.

Jusovic M. et al. Photosynthetic responses of a wheat mutant (Rht-B1c) with altered DELLA proteins to salt stress //Journal of Plant Growth Regulation. – 2018. – T.: 37. – P. 645-656.

Zhao S. et al. Regulation of plant responses to salt stress //International Journal of Molecular Sciences. – 2021. – T.: 22. – №. 9. – 4609 p.

Sug‘oriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish hamda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar // 2019. – Toshkent, 36 b.