QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARIDA O‘G‘ITLAR ISTE’MOLINI OPTIMALLASHTIRISH

Abstrak

Maqolada 2010–2025 yillar davomida jahon qishloq xo‘jaligida va O‘zbekiston Respublikasida mineral o‘g‘itlar iste’molining dinamikasi FAO, Xalqaro o‘g‘itlar assosatsiyasi (IFA) hamda Jahon bankining statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlarining oshishi har doim ham hosildorlikning mutanosib o‘sishi bilan birga kechmasligini, ayniqsa sug‘oriladigan еrlarda yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida oziq moddalardan foydalanish samaradorligi (NUE) nisbatan past darajada saqlanib qolayotgani asoslanadi, bu holat tuproqlarning sho‘rlanishi, azotning yo‘qotilishi, shuningdek tuproqlarda organik moddalar miqdorining еtarli emasligi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni haddan tashqari qo‘llashning ekologik oqibatlari, jumladan suv resurslarining ifloslanishi va tuproq degradatsiyasi masalalari ko‘rib chiqilgan. Barqaror qishloq xo‘jaligi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari sifatida aniq dehqonchilikni joriy etish, oziq moddalarni boshqarishning 4R konsepsiyasini qo‘llash hamda o‘simliklarni oziqlantirishda organik va mineral manbalarni integratsiyalash taklif etilgan. Olingan natijalar agrar siyosatni takomillashtirish va O‘zbekiston sharoitida o‘g‘itlash tizimlarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

https://www.fertilizer.org/.

https://worldpopulationreview.com/country-rankings/most-polluted-countries.

https://data.worldbank.org/indicator/AG.CON.FERT.ZS?end=2020&name_desc=true&start= 2020&view=map.

FAO. Fertilizer and irrigation statistics.

International Fertilizer Association (IFA).

World Bank Open Data: Fertilizer consumption.

UNECE. Land degradation and salinization reports.

European Union Regulation (EU) 2019/1009 on fertilising products.