UKROPNING O‘SUV DAVRLARIDA TUPROQDAGI AMMONIYLI AZOT DINAMIKASI

Abstrak

Mazkur maqolada takroriy sabzavot ekini pomidorda qo‘llanilgan mineral, organik va organo-mineral o‘g‘itlarning keyingi oraliq ekin – ukropning o‘suv davrlarida tuproqdagi ammoniyli azot (NH₄+) miqdorining dinamikasiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida ukropning asosiy fenologik bosqichlari – unub chiqish, 2-3 chin barg va tuplash (Rozetka hosil qilish) davrlarida tuproq qatlamlarida ammoniyli azotning o‘zgarishi kuzatildi. Natijalarga ko‘ra, pomidorda qo‘llanilgan qo‘shimcha oziq moddalarning qoldiq ta’siri ukropning dastlabki o‘suv bosqichlarida tuproqdagi NH₄+ konsentratsiyasini nisbatan yuqori darajada saqlab turdi, bu esa o‘simliklarning boshlang‘ich rivojlanishini jadallashtirdi. Keyingi fazalarda esa ammoniyli azotning miqdori kamayishi, o‘simlik tomonidan faol o‘zlashtirilishi hamda nitrifikatsiya jarayonlari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Tajriba natijalari ukrop ekinida tuproqdagi azot shakllarining dinamikasini boshqarishda oldingi ekin va o‘g‘itlash tizimining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar oraliq ekin sifatida ukrop yetishtirishda oziqlanish rejimini ilmiy asosda takomillashtirish imkonini beradi.

Adabiyotlar

Uzoqov P., Holiqulov Sh., Boboxo‘jayev I. Tuproqshunoslik. – T.: «Toshkent», 2010. – 51 b.

Risqieva X. Азот в почвах зоны хлопкосеяния Узбекистана. Doktorlik diss. Avtoreferati. – Toshkent, 1991, – 15-16-b.

Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых раёнах. – Ташкент. СоюзНИХИ. 1963. – С. – 439.

Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari – Toshkent, 2007. – 145 б.

Спирина В.З., Соловьева Т.П. Агрохимические методы исследования почв, растений и удобрений. Труды: – Томского государственного университета. 2014. – С. – 347.