Kalit soʻzlar:
- Orol dengizining qurigan qismi
- dengiz bo‘yi avtomorf qoldiq sho‘rxoklari
- mexanik tarkib
- gumus
- oziqa moddalari
- singdirish sig‘imi
Abstrak
Maqolada Orol dengizining qurigan tubida keng tarqalgan qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rhoklarning hossa-xususiyatlari haqida olingan yangi ma'lumotlar bayon etilgan. Mexanik tarkibi, shuningdek, qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rhoklarning agrokimyoviy tahlillari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Olingan muhim natijalardan biri shundaki, allyuvial yotqiziqlar asosan, og'ir va o'rta qumoqli mexanik tarkibli zarrachalardan iborat bo'lib, fizik loy zarralari miqdori (<0,01 mm) loy (glina)da 60,6-68,6% ni, og'ir qumoqli tuproqlarda 56-59,2% va o'rta qumoqlarda 31,443,6% ni tashkil qiladi, ba'zi uchastkalarida qumloq va qumli qatlamlar ham uchraydi. Maqolada Orol dengizi qurigan tubining qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rhoklarining soʻrilish darajasi va singdirilgan kationlarining tarkibi berilgan boʻlib, koʻrinib turibdiki, qoldiq dengiz bo‘yi avtomorf sho‘rhoklarining yuqori qatlamidagi singdirilgan asoslar miqdori (singdirish sigʻimi) 100 g tuproqda 10,75-34,80 mg-ekv, quyi qatlamlarda esa 16,57-16,80 mg-ekv ni tashkil etadi. Orol dengizining qurigan tubi avtomorf sho‘rhoklarning singdirilgan kationlari tarkibida magniy va natriy kationlari nisbatan ko‘p bo‘lib, umumiy tarkibidagi kaltsiy miqdori 11,49-31,63%, magniy 1,09-3,53%, natriy 20,18-54,65 % ni tashkil qiladi, asosan shoʻrlanish darajasi har xil boʻlgan (<10% mg/kg) tuproqlardan iborat.
Adabiyotlar
https://www.fao.org/global-soil-artnership/resources/highlights/detail/ru/c/1470631/.
Rafikov V., Mamadganova G. The forecast of changes of hierological and hidrochemical conditions of Aral sea // Editorial office for Journal of Geodesy and Geodynamics. – China, 2014 - vol. №2 pp. 16 - 23.
https://strategy.uz/index.php?news=872.
Кузиев Р., Абдурахмонов Н., Исмонов А. Инструкция по проведению почвенных изысканий и составлению почвенных карт для ведения государственного земельного кадастра. – Тошкент, 2013. – С. – 13 - 29.
Эгамбердиев Ж.А., Абдурахмонов Н.Ю. Гранулометрический состав почвогрунтов обсохшей части Аральского моря // Научное обозрение. Биологические науки. – Российская Федерация. Российская академия естествознания. – Москва, 2023. – №1. – С. 91–97.
Ахмедов А.У., Парпиев Г.Т., Турдалиев Ж.М. Современное мелиоративно-экологическое состояние гидроморфных почв нижнего течения Амударьи. Сборник статей республиканской научно-практической конференции. Почвоведение стоит на службе экологической и продовольственной безопасности страны. – Ташкент, 2017. – С. – 139 - 141.
Исмонов. А.Ж. Характеристика засоленных почв низовий р. Амударья. Сборник научных статьей Международной научно-практической конференции на тему - “Современные тенденции развития аграрного комплекса”. ФГБНУ “Прикаспийского НИИ аридного земледелия”. – Россия. – Астрахань, 2016. – С. – 344 - 348.