Kalit soʻzlar:
- paxta
- somon bilan mulchalash
- tomchilatib sug’orish
- tuproq namligi
- ozuqa moddalari dinamikasi
- sho’rlanish
- hosildorlik
Abstrak
Qurg’oqchil mintaqalarda sug’orish suvidan samarali foydalanish va tuproq namligini saqlab qolish paxtachilikning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda 2025-yil vegetatsiya davomida Buxoro viloyati sharoitida tomchilatib sug’orish ostida somon bilan mulchalashning tuproq namligi taqsimoti va paxta hosildorligiga ta’siri o’rganildi. Tajriba mexanik tarkibi-o’rta qumoq tuproqda mulchalangan va mulchalanmagan variantlarda tomchilatib sug’orish sharoitida olib borildi. Ekishdan keyin va birinchi sug’orishdan oldin qalinligi 5 sm bo’lgan bug’doy somoni bilan mulchalash amalga oshirildi. Tuproq namligi termostat-quritish usulida 0–20 sm va 20–40 sm chuqurliklarda, jo’yak tepasi, o’rta va jo’yak tubi nuqtalarida aniqlandi. Shuningdek, tuproqdagi ozuqa moddalari dinamikasi, sho’rlanish ko’rsatkichlari, fenologik kuzatuv naatijalari va hosildorlik ko’rsatkichlari baholandi. Namlikni saqlashning yaxshilanishi paxtaning o’sishi va generativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Simpodial (hosil) shoxlar soni 18–22% ga, ochilgan ko’saklar soni esa 18% ga oshdi. Mulchalangan variantlarda paxta hosildorligi 4,9–5,2 t/ga ni tashkil etib, mulchalanmagan nazorat variantidagi 4,5–4,7 t/ga ko’rsatkichidan yuqori bo’ldi, bu esa o’rtacha 9–10% hosildorlik oshishiga to’g’ri keladi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, somon bilan mulchalashni tomchilatib sug’orish bilan birgalikda qo’llash qurg’oqchil iqlim sharoitida tuproq namligini saqlash va paxta hosildorligini oshirishning samarali suv tejovchi agrotexnik usuli hisoblanadi.
Adabiyotlar
Tang, M., Liu, R., Luo, Z., Zhang, C., Kong, J., & Feng, S. (2023). Straw returning measures enhance soil moisture and nutrients and promote cotton growth. Agronomy, 13(7), 1850.
Ovchinnikov, A. S., Khodyakov, E. A., Milovanov, S. G., & Bondarenko, K. V. (2019). Irrigation regime of cotton using sprinkler and drip irrigation in the Lower Volga region. Journal of Agriculture and Environment, 2, 1–9.
Kurvantaev R., Musurmanov A. Влияние мульчирования и минимальной обработки на общефизические свойства орошаемых почв Мирзачульского оазиса // Вестник аграрной науки Узбекистана. – 2018. – №1 (71). — С. 45–49.
Burxanova D.U., Urmanova M.N., Xolmo‘minov S.M. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda mulchalash ta’sirida oziqa moddalarning o‘zgarishi // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2025. – №3 (21/3). – B. 46–47
Isayev, S. Kh., Murodov, O. U., Kattayev, B. S., & Saylixanova, M. K. (2025). Cultivation of cotton using drip irrigation technology. American Journal of Agriculture and Horticulture Innovations, 5(10), 31–34.
Shamsiyev A., Ziyatov M. Qator orasini mulchalab sug‘orishda g‘o‘zaning suv iste’molining nazariy va amaliy asoslari. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, – Toshkent, 2017, №1 (61), B. 57–60.
Rakhmatullaev, S., Huneau, F., & Le Coustumer, P. (2019). Water management challenges in irrigated agriculture of Central Asia. Environmental Earth Sciences, 78(2), 1–12.
Hamidov, A., Helming, K., & Balla, D. (2020). Agricultural land use and soil salinity management issues in Central Asia. Sustainability, 12(9), 1–15.
Milovanov, S. G., Bondarenko, K. V., & Khodyakov, E. A. (2021). Efficiency of drip irrigation technologies for cotton cultivation under arid conditions of Southern Russia. Proceedings of Volgograd State Agrarian University, 3, 45–53.
Ermatov A., Axmurzayev Sh. G‘o‘zaning rivojlanishi va hosildorligiga mulchalashning ta’siri. Agrar fani yutuqlari va istiqbollari, konferensiya materiallari, – Toshkent, 2002, B. 391–392.
Khodiakov, E. A., Borovoy, E. P., Kuznetsova, N. V., Milovanov, S. G., & Bondarenko, K. V. (2022). Water-saving technologies for drip irrigation of cotton in the south of Russia. Journal of Agriculture and Environment, 4(24), 1–12.
Mirzaev, L. A., & Ruziev, A. A. (2019). Soil salinity dynamics under drip irrigation conditions in arid regions of Uzbekistan. Problems of Desert Development, 3, 28–34.
Isabaev, K. T., & Nurmatov, S. E. (2021). Efficient use of irrigation water under drip irrigation technology in Uzbekistan. Irrigation and Melioration Journal, 2, 15–21.
Axmedov, Q., & Yusupov, S. (2019). Dynamics of soil salinity under irrigated agriculture in Uzbekistan. Irrigatsiya va Melioratsiya, 1, 17–22.
Boymatov, P., & Rajabov, T. (2023). Influence of straw mulching on nutrient retention and water use efficiency of cotton. Uzbek Journal of Soil Science, 2(1), 61–69.
Shodmonov, A., & Nurmatov, I. (2024). Water-saving irrigation technologies and cotton productivity in saline soils of Central Asia. Problems of Desert Development, 1, 74–82.
Egamberdiyev, O., Karimov, A., & Ruziev, F. (2021). Influence of drip irrigation on soil salinity and cton productivity in arid regions of Uzbekistan. Journal of Agriculture and Water Resources, 3(2), 45–52.
Teshaboyev, N., Mamatov, B., & Xolmurodov, E. (2022). Effect of mulching on soil moisture conservation and cotton yield under Bukhara conditions. Agro Ilm, 4, 28–33.
Li, M., Wang, W., Wang, X., Yao, C., Wang, Y., Zhou, W., Chen, E., & Chen, W. (2023). Effect of straw mulching and deep burial mode on water and salt transport regularity in saline soils. Water, 15(18), 3227.
Nurmatov, S. E., & Khalilov, A. B. (2021). Effect of organic mulching on soil hydrothermal properties and cotton yield. Agro Kimyo Himoya va O‘simliklar Karantini, 5, 18–23.