Kalit soʻzlar:
- tuproq sho‘rlanishi
- galofitlar
- mineralizatsiya
- anionlar
- kationlar
- sizot suvlari
- zovur suvlari
Abstrak
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani “Qattiag‘ar” massivi “Galofit bog‘i” hududi tuproqlarining ekologik-meliorativ holatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Izlanishlar davomida tadqiqot obyekti maydonlaridan tuproqshunoslikda umumqabul qilingan uslublar asosida tuproq kesmalari qo‘yilib, amalda qabul qilingan uslublar asosida tuproq, sizot (grunt) va zovur suvlaridan kimyoviy tahlillar uchun namunalar olindi. Laboratoriya sharoitida tuproq namunalarining sho‘rlanish darajasi, ximizmi, anion va kationlar tarkibi, sizot va zovur suvlarining minerallashganlik darajasi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra tuproqlar turli darajada va tiplarda sho‘rlangan bo‘lib, ularning tarkibidagi anion va kationlar miqdoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha gipotetik tarkiblari aniqlandi. Shuningdek, tuproq tarkibidagi zaharli, zaharsiz tuzlarining miqdoriy ko‘rsatkichlari hamda zaxarli tuzlarning suvda eruvchan umumiy tuzlar tarkibidagi ulushi aniqlandi. Suvlar tahlillari natijalariga ko‘ra zovur va yer osti sizot suvlari orasida ham biroz farq bor ekanligi aniqlandi. Mazkur holat zovurdan oqib o‘tadigan suvlar tarkibini ilmiy jihatdan chuqurroq o‘rganish lozimligini oydinlashtiradi.
Adabiyotlar
Ergashev A. Umumiy Ekologiya. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2003-y. 169 b.
Islomov I. Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari. Buxora “Durdona”, 2023-y. 89 b.
Urazkeldiyev A.B. Kimyoviy Melioratsiya. – Toshkent, “Tafakkur Bo‘stoni”, 2003-y 54 b.
Abdullayev S.A, Namozov X.Q. Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi. – Toshkent, “Excellent Polygraphy”, 2020-y 148 b.