Kalit soʻzlar:
- sug‘oriladigan yerlar
- ozuqa moddalari
- fosfor
- kaliy
- gumus
- agrokimyoviy tahlil
- o‘g‘itlash tizimi
- mineral o‘g‘itlar
- harakatchan elementlar
Abstrak
Tadqiqotda Qiziltepa tumani sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni tuproqlarining oziqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari hudud tuproqlarining oziqa moddalari bilan o‘rtacha, past darajada ta’minlanganligini ko‘rsatdi: tuproqning gumus miqdori ko‘rsatkichi umumiy 29764,04 gektar maydonning 45,00 % qismi o‘rtacha darajada, 32,58 % qismi ko‘proq darajada, 17,46 % qismi ko‘proq darajada hamda 4,15 %, 0,66 % va 0,15 % qismi mos ravishda ko‘p, juda kam va yuqori darajada ta’minlangan. Harakatchan fosfor (P2O5) miqdori ko‘rsatkichlari esa 47,38 % qismi kam darajada, 36,06 % qismi juda kam darajada hamda 8,57 %, 4,17 % va 3,82 % qismi mos ravishda o‘rtacha, ko‘p va ko‘proq darajada ta’minlangan. Shuningdek, almashinuchan kaliy (K2O) miqdori ko‘rsatkichlari ham 51,79 % qismi kam darajada, 28,94 % qismi o‘rtacha darajada hamda 10,27 %, 6,13 % va 2,88 % qismi mos ravishda juda kam, ko‘proq va ko‘p darajada ta’minlangan. Olingan natijalar asosida tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mineral va organik o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, tuproq degradatsiyasining oldini olish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
Kuziyev R.K., Abduraxmonov N.Yu. Tuproq unumdorligi va uni boshqarishning ilmiy asoslari // Monografiya – Toshkent, Navro‘z nashriyoti., 2017-yil.
Toshqo‘ziyev M.M., Sherbekov A.N. Результаты исследований направленые на разработку агротехнологии обогащения почвы органическим вешеством. // Yer resurslaridan samarali foydalanish muammolari. Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2007-yil.
Saidov A.S. Sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ va agrokimyoviy holati. – Toshkent, 2018-yil.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimligi rasmiy veb sahifasidan https://Qiziltepa.uz/oz.
Laboratoriya analizlari “ТТМ” DM halqaro ISO sertifikatiga ega bo‘lgan laboratoriya. Gost2642385.
Gumus miqdori Gost 26213-91 davlatlararo standart asosida, tuproqning mexanik va granulometrik tarkibi O‘zDST 81797 davlat standarti asosida aniqlandi.
Arinushkina E.V Rukovodstvo po ximicheskomu analizu pochv. – Moskva., 1970 god. 491 s.
Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnex xlopkovex rayonax. – Toshkent, 1963 god. 70 s.
O‘zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi – O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi. – Toshkent, 2010-yil.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sug‘oriladigan yerlarda tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarini bajarish va agrokimyoviy kartogrammalar tuzish hamda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar”. – Toshkent, 2019-yil.